Uzkisa.Ru - Erotik Videolar hikoyalar, Mashhurlar erotik foto va Videolari
Reklama
Erotik Tanishuvlar sayti
Qoyilmaqom qasos
2015 yilning, may oyi ohirlari edi. Chorshanba mol bozoriga chiqdim. 87 yil Mardon ismli dallol akaxonim bor. Ko`pincha yaxshi buqalar topib berardi. O`tishgan joyimiz bor edi, 200 $ bergan edim. O`sha kuni bozorga chiqmabdi. Dallol sheriklarini oldiga borib so`radim: - Mardon aka chiqmabdimi? - Iya eshitmadingmi? -dedi ombir laqabli dallol, biroz xazilkashroq. - Nimani? -dedim xayron bo`lib. - Mardon tamom... Hotini boshiga bosqon bilan urgan ekan xotirasini yo`qotibdi! -dedi ombir dallol. - Bosqon bilanmas, uxlov bilin urgan ekan... Aytganday san 200 $ berganmiding, sanam uxlading? -dedi yonidagi Avaz ketmon. (familyasi Ketmonov shunga laqabi ketmon) - Yo`g`ee! -dedim ularga umuman ishonmadim. - Rost ukam, bosqon, uhlov bilan urmagan lekin, hotini boshiga temir choynak tushirib yuboribdi. Bu qanday bo`lgani manga qorong`u. Lekin rostdanham Mardon 4 kundan buyon do`ktirda yotibdi, xatto o`z xotinini ham tanimayotgan ekan! -dedi qori aka. Yoshi 40 oshgan dindor odam, qori aka. Mardonni mahallasidan u ham oldi sotti bilan shug`ullanadi. Jiddiy birovni aldamaydigan odam. Bu kishiga ishonmaslikni ilojisi yo`q... Billin ko`zlarimi oldidan 2 ta 100 $ uyog`dan buyoqqa o`tganday bo`ldi. - Rostdan tanimasaya Qori aka! - dedim. - Uyiga borib ko`r, kecha dadasi bilan gaplashganimda ertga uyga opkelamiz degandi, ikkita non olib ko`rib kelinglar, kasalni yo`qlasham katta savob! -dedi Qori aka. Ombirga qaragan edim, bormayman deganday bosh chayqadi. - Avaz aka sizni o`rtog`iz-ku, birga boraylik? -dedim. - Boramiz ukam, faqat bir haftalardan keyin, ungacha ancha tuzalib qoladi! -dedi... Oradan bir hafta emas salkam 10 kun o`tdi. Avaz bilan taksi ushlab Mardonlarnikiga bordik. Boshiga bint o`ralgan, uy ichida o`tiribdi. Tuppa tuzuk salomlashdi. - Mardon mani taniyabsanmi o`rtog`? -dedi Avaz ketmon. - Ko`zimga issiq ko`rinyabsanu, lekin... - Manichi Mardon aka? -dedim. - Kimsanlar o`zi? -dedi... Avaz ikkalamizham bir birimizga qaraymiz. Biroz shunday hayratda turgandik, Mardon jilmaydi: - Ikkoviniham taniyabman, shunchaki... -shu payt ostonada choynak, dasturxon ko`tarib kelayotgan Mardonni xotini paydo bo`ldi. Uyga kirib salomlashib, dasturxon yozib choynakni qo`ydida endi chiqib ketmoqch edi. Mardon to`xtatdi: - Hey isming nima edi? -dedi xotiniga qarab. - Zamira, Mardon aka... -hotini o`zini aybdorday sezayotgani shundoq aftidan ko`rinib turardi. - Zamira, haliyam ketmadingmi? - dedi. Xotini hijolat bo`lib bizlarga bir qarab oldi. - Mardon aka qayoqa ketaman, man xotizman! - Aldama man hali uylanmaganman! -dedi. Avaz ketmon birdan qiqirlab kulvordi. - Avaz aka qarang, o`rtog`iz har kuni shunday deyabdi mani tanimayabdilar! -dedi, xotini Avazga qarab. - Rostdan xotinim bo`lsang, ovqat qil! -dedi Mardon. - Nima ovqat yegiz kelyabdi, Mardon aka? -dedi. - Osh qilaqoling, Zamiraxon osh! -dedi Avaz ketmon. Mardon Avazga bir humrayib qo`ydida: - Bo`pti osh qilaqol! -dedi. - Hozir, hozir! -degancha chiqib ketdi... Hotini chiqib ketganch: - Avaz, har-harda tiling burro bo`lib ketadi-aaa. Mastava ichsang o`lib qolmasding! -dedi. - Aaaa to`nka, kallang binoyiday ishlayabdi. Nega xotiningni tanimayabsan? -dedi Avaz. - Rostdanam Mardon aka bizni taniyabsiz-u, nega xotinizi tanimayabsiz? -dedim. Mardon tashqariga bir qarab qo`ydi: - Hotiram joyida, shunchaki ro`l o`ynayabman! - Aaa, Ablah, shuncha kundan beri qanday uddalayabsan? - dedi Avaz. - Hozir aytsam ishonmaysan, agar shu ro`limi Galivudda o`ynaganimda oskar olardim! Hozir aytib beraman! -dedida yana bir tashqariga qarab oldi. - O`sha kuni, anovi (xotinini nazarda tutdi) shifanerni surib bering deb boshimi qotirdi. Shifanerni ustida tunika choynak bor edi. Anovi ahmoq bir tarafga qeshaytirvordi. O`sha boshimga tushdi! -dedi. - Bitta tunika choynakka shuncha yotvoldingmi? - Ichida pul bo`ridi, og`ir qattiq tegibdi. Hushdan ketibman... - dedi ovozini pastlatib. - Keyinch? -dedi Avaz ham qiziqsinib. Mardon yanaham ovozini pastlatib gapira boshladi: - Hushimga kelganimda, urmoqchi edim. Boshim aylanib ketgani uchun o`rnimdan turolmadim. Zamirani o`zi ''MANI TANIYABSIZMI?'' deb qoldi. Yo`q tanimayabman dedimu shundan keyin bu nayrang boshlanib ketdi. Kasalxonada ham hechkimni tanimayabman deb turaverdim. Dadami, ayami ham. Zamiraxon atrofimda parvona, har qanday istagimni bajaryabdi. Ayniqsa qaynotam, bedan kavoblar bilan boqyabdi. Har kuni, 15 tadadan bedana tuxim yeyabman. Mazzani konini topvoldim... -dedi. - Vaay tullak, kulvormayabsanmi? - Kulsam boshim og`riyabdi, shunga kulguham kelmaydi! - Baribir bilintirib qo`yayotgandursan, har xolda o`g`ling bor. Dada deb qolsa nima deysan! -dedi. - O`g`iltoyam o`zimga tortgan, bir ikki uka degan edim, endi mani aka deyibdi! - Ha onangani... ! -Avaz bey ehtiyor kulayotib so`kinib yubordi. - Onadan so`kma! - Kechirasan o`rtog` bey ihtiyor og`zimdan chiqib ketdi... -deb uzur so`radi... Yana ancha gaplashib o`tirdik. Osh pishdi, yedik. Xotini yana choydan xabar olib chiqib ketdi. Avaz ketmon: - O`rtog` xotin bilan to`shak bittami? - Ha! - Nima bo`lyabdi, qoqib turibsanmi? - Heey og`zing bo`shab ketyabdi! - Nima erkaklarmizu, aytaver! - dedi. Mardon hiyol jilmaydi: - To`g`risi o`z ro`limga o`zimham ishonib ketyabmanmi. So`ngi 2, 3 kun ichida xotin ko`zimga boshqacha ko`rinib ketyabdi. Huddi begona xotinday, ishtiyoq bilan bo`lyabdi! -dedi. Uni qiyofasini, tariflashini ko`rib o`zimi tutolmay kulvordim. Avaz ketmonham qo`shilib kuldi. Hatto Mardon ham ammo bo`shini changallab qoldi: - Bo`ldi, bo`ldi kulmalaring! - dedi... O`sha kuni, zo`r kayfiyat bilan uyga qaytgan edim. Sal kam ikki oy, o`zini shunday tutib xotinidan, qaynotasidan qasos olgan. Qaynotasini rosa, sog`gan. Qaynotasi ham, ayib qizimda deb, Mardon nima istasa shuni olib kelib bergan ekan. Haligacha shu haqda kulishib gapirib yuradi... TAMOM...
Fikrlar (0)
Maqolaga fikr bildirish:
Fikr bildirish uchun saytda ro'yxatdan oting yoki login parol orqali kiring!
Fikrlar:
Hamma fikrlar: 0 ta.
Reklama
Ortga qaytish | Bosh sahifaga
Яндекс.Метрика
waplog