Uzkisa.Ru - Erotik Videolar hikoyalar, Mashhurlar erotik foto va Videolari
Reklama
Seks video va hikoya rasmlar sayti
Yomgir hadya qilgan armon
Ko'chada kuchli yomg'ir yog'ardi. Yomg'irdan qochib vitrinali gul do'koniga kirgan qiz gullarning xush iforidan entikdi. Ichkaridagi yigit qiz tomonga bir qarab boshini burdi-yu zumda yana qaradi. Qizning yomg'irda shalabbo bo'lgan sochlari yuziga yopishib, uni shu qadar chiroyli ko'rsatardiki, yigit undan ko'zlarini uzolmay qoldi. "Salom, tashqarida yomg'ir ekan, shunga..." "Ha, ha, bemalol, marhamat.." Yigit qizni kursiga taklif qildi. Ayni damda u o'ta hayajonlanardi. Tezda qahva damlab qizga tutdi. "Gullariz juda chiroyli ekan" dedi qiz, qaynoq qahvani icharkan. Yigit har bir gulning nomini va ramzini unga tushuntirib berdi. Bir zumda ular orasidagi samimiyat yuraklarda qanaqadir iliqlik uyg'otdi. Yomg'ir tingach qiz ketar ekan, yigit unga kiyimi xo'lligini aytib pidjakini tutqazdi. "Yo'liz tushsa, tashlab o'tarsiz" dedi uning o'ylanib qolganidan. Qiz yoqtiraman degan liliyalardan berishni ham unutmadi. Yigit ham, qiz ham bu tasodifiy uchrashuv uchun taqdirdan minnatdor edilar. Keyin yana bir bora uchrashishdi. Undan so'ng yana... Shu tariqa bir-birlarini sevib qolishdi. o'sha yomg'ir tomchilari-yu liliyalar guvoh edi bu sevgilariga. Jonlaridan ziyod darajaga yetdi bu muhabbat. Ammo boshqa tomonda qizning taqdiri hal etib bo'linmoqda edi. Otasi qizining kelajagi haqida qayg'urardi va b?lajak kuyovni tanlab ham qo'ygandi. Ota yigit haqida bilmasdi. Bilganida esa... Yigitning sovchilari rad etildi. Yigit qizni juda-juda sevardi. Usiz hayotini tasavvur qila olmasdi. Shuning uchun qizga seni olib qochib ketaman dedi. Qiz esa yig'laganicha otamning s?zi qonun dedi. Ularning holatlariga yolg'iz osmon yig'ladi yomg'ir bo'lib.. Qiz b-n yigit ayrilishdi. Qizning to'y kuni ham keldi. Yigit alam bilan hamma liliyalarni do'konga sochib tashladi. Hamma yoq qip-qizil gulga burkandi. Keyin yigit qiz ilk bor kelganidagi o'sha kursiga o'tirdi. Qizni, o'sha shalabbo sochlarini yodga oldi. Uning kulishi quloqlari orasida jarang sochgandek bo'ldi. Yigit bir nimalarni shivirlagandek bo'ldi : - Hech kim sig'magan yuragingga sig'dimu, ko'pchilik inson sig'gan hayotingga sig'madim...
Fikrlar (0)
Maqolaga fikr bildirish:
Fikr bildirish uchun saytda ro'yxatdan oting yoki login parol orqali kiring!
Fikrlar:
Hamma fikrlar: 0 ta.
Reklama
Ortga qaytish | Bosh sahifaga
Яндекс.Метрика
waplog