Uzkisa.Ru - Erotik Videolar hikoyalar, Mashhurlar erotik foto va Videolari
Reklama
Seks uchun tanishuv
Hikoya
Umr–oqar daryo, deganlari rost ekan. Shuvillab o’tarkan-ketarkan. Bunday boshni ko’tarib, nafas rostlashga ulgurolmas ekansan. Ulgurganingda esa...allaqachon fursat o’tgan bo’larkan...
Albatta bekorchilaru ishyoqmaslar, dangasalar uchun vaqtning o’tishi qiyin bo’lsa kerak. Ammo Ma’ruf Mahmudiy bekorchi emas. Aqlini tanibdiki, ishlagani ishlagan. Avval bolaligi paxta dalalarida o’tdi. Keyin institutning kechki bo’limida o’qib, kunduzi qurilishda ishladi.
Institutni bitirar-bitirmas zavodga ishga kirdi. Shunga ham, eh-he, etti yildan oshibdi.
Bu davr ichida ne-ne evrilishlar yuz bermadi. Ma’ruf Mahmudiy ishlayverdi. Avval zavod hissadorlik jamiyatiga aylantirildi, yangi zamonning yangi talablarini g’ira-shira bo’lsa-da anglab turgani boismi, Ma’ruf bor puliga aktsiya sotib oldi. O’shanda uni mazax qilganlar ham bo’ldi. Yo’q, mo’ljalni to’g’ri olgan ekanmi yoki omadi keldimi, ishqilib, oradan ikki yil o’tar-o’tmas Ma’ruf aktsiyalari evaziga tuzukkina foyda, ya’ni divident ola boshladi.
Shunga qaramasdan, yigit astoydil ishlashda davom etdi. Tez orada u tsex boshlig’i bo’ldi. Bir yil o’tib esa, katta bir korxonaning bosh texnologi. Ish yana ko’paydi. Bosh qashishga vaqt yo’q edi. Na shanba bor bu ishda, na yakshanba... Ishlamagan tishlamaydi, axir...
Yumushdan horib-charchab, jismingdan mador so’rilib kelganingdan so’ng esa hech narsa yoqmaydi. Ma’ruf ham uchinchi qavatdagi uch xonali uyiga arang sudralib chiqar va o’zini to’shakka tashlardiyu dong qotib uxlardi.
Ishi yurishmay qolgan, oxir-oqibat bankrotlikka uchragan bir korxonani sotib olishdi. Ma’rufni bu yangi korxonaga bosh muhandis qilib yuborishdi. Alohida kabineti, kotibasi, xizmat mashinasi bor ekan. Yangi ish o’rniga borish oldidan Ma’ruf atigi ikki kunga, ya’ni shanba-yakshanbaga javob oldi.
—Ishni dushanbadan boshlayman,–dedi Ma’ruf rahbariyatga. Ma’rufga omad tilab qolishdi. Xayrlashuv oldidan do’sti Olimjon uni bir chekkaroqqa olib chiqib, bir gap aytib qoldi:
—Xafa bo’lmang-u, jo’ra, lekin ochig’ini aytadigan bo’lsam, mening bolam bu yil birinchi sinfga o’qishga boradi.
Ma’ruf hayron qolib so’radi:–Nima qilay shunga?
Olimjon kulimsiradi:–Axir, men sizdan bir yosh kichikman.
—Xo’sh?
—Gapning qisqasi shuki, uylanadigan paytingiz o’tib ketayapti, jo’ra...
—...
Ma’ruf tilini tishlab qoldi. Zero, bu juda dolzarb masala ekanligini o’zi ham sezib turardi. Yosh yigirma to’qqizga qarab borayapti... Uydagilardan, qarindosh-urug’lardan ilon po’st tashlaydigan shunaqanggi gaplarni eshitdiki... Nima qilish kerak?
Zavodda erga chiqmagan qiz anqoning urug’i. Bunday ko’chaga chiqishga, biron qiz bilan tanishishga, hatto ota-onasi topgan qarindosh-urug’larining qizlari bilan borib, birrov uchrashib, gaplashib kelishga ham fursat yo’q. Nima qilish kerak?
Taklif kutilmaganda Olimjonning o’zidan chiqib qoldi:–Yaqinda bir ajrashgan o’rtog’imiz baxtini topibdi...
—Qaerdan topibdi?–hazilomuz ohangda so’radi Ma’ruf.–Qaerga tushib qolgan ekan?
—"Baxt qushi”degan
Fikrlar (0)
Maqolaga fikr bildirish:
Fikr bildirish uchun saytda ro'yxatdan oting yoki login parol orqali kiring!
Fikrlar:
Hamma fikrlar: 0 ta.
Reklama
Ortga qaytish | Bosh sahifaga
Яндекс.Метрика
waplog