Uzkisa.Ru - Erotik Videolar hikoyalar, Mashhurlar erotik foto va Videolari
Reklama
Seks uchun tanishuv
Bahorim...
1 2 >>
O`sha vaqtda qor shundayin
guvvillab yog`ardi, xuddi
hozirgidek, elakdan
o`tayotgan unga o`shxab
ketardi. Mayda va tumanday
quyuq. Salgina esayotgan
shamol ham qor parchakarini
beytartib to`zg`atardi...
Issiqqina do`kon ichkarisidan,
qahva ho`plab deraza
oynasiga ko`z tikib turardim.
Qahvani ichib bo`lgach,
qo`llarini ko`ksimga
quvushtirib oldim. Ich-
ichimdan, kimnidur nigohini
sezganday bo`ldim. Balki
shunday tuyulgandir, lekin
diqqatini kassada o`tirgan qiz
tortdi. Biroq u ham o`z
dunyosida o`z hayollari
og`ushida edi. Undan bir
muddat nigohini uzmadim.
Negadur yana homush tortib
qolgan...
Yaqindagina abed vaqtida, u
bilan dardlashib, suhbatlashib,
kulishib bir chiroyli o`tirgan
edig-a! Hatto istamaygina
suxbatga yakun yasab
o`rnimizdan turib, o`z
ishlarimizga shung`ub ketdik...
Ikki yildan buyon shu
do`konda birgamiz. Men uchun
eng qadrli insonlardan biriga
aylanib bo`lgan. Ammo
oramizda sevga muhabbatga
o`rin yo`q... Sababi ikkimiz
ham, muhabbat ko`chalarida
adashganlardanmiz desam
bo`laveradi. Lekin sevgi bilan
butkul xayrlasha olmaganmiz
haligacha. Balki shuning uchun
ham bir-birimizni yaxshi
tushunsak kerak!
- Shu sovuqda kim ham harid
uchun kirardi... -dedim
oramizdagi skunatni buzush
uchun, o`zimga o`zmi
gapirgan bo`ldim.
- Birnima dedingizmi? -dedi
boshini ko`tarib.
- Bu yil qish juda qattiq
bo`lyabdi deyman!
- Ha shuni ayting... -u ham
og`irgina hursundi va deraza
tomonga qarab qo`ydi.
Ikki kundirki qor tufayli,
do`konda haridorlar qadami
uzulganidan, qiladigan ishimiz
eshikka termulib o`tirish bo`lib
qolgan. Bizdan boshqa
hodimlar esa, allaqachon
shuni fahimlab uyiga ketib
bo`lgan. Faqat biz holos,
uydan qochganlar o`yladim
o`zimcha...
U ham o`tirib zerikkanidan
tez-tez deraza oldiga kelib
ketardi. Yana odatdagidek
o`rnidan turdi, kiyimini
tartibga keltirdi. Asta do`konni
ko`zdan kechirgan,
manekenlarga kiydirilgan
liboslarni u-yer bu yerini
tuzatgan bo`ldi. So`ng deraza
tomonga yurdi. Uning
harakatlaridan bir lahza ham
nigohlarimni uzmasdim. U esa
chuqur o`yga cho`mgan kuyi,
oppoq qorga tikilgancha turib
qoldi. Uning beyjirim
ko`zoynagi ostidan
ko`zyoshlari o`rmalay
boshladi...
``Bechora qiz, boshida ney
hayolar ekan-a!`` o`yladim.
``Nima bo`ldi senga?``deya
so`rasam bo`ladi. Lekin
bilaman, u har qanday
vaziyatda ham dilini
o`rtayotgan o`y-fikrlarni
yashiradi. Nigohlarim bilan
taqib qilayotganimni payqadi
shekili, bildirmaygina
yoshlarini artib oldi. Keyin o`z
joyiga qaytib o`ltirdi. Bir
nimani yo`qotganday, stol
ustini titkilab, qidira boshladi...
- Gulbahorrr... -o`rnidan turib
unga yaqinroq bordim. -
Nimani yo`qotding?
- Qalam... Hozir yozayotgan
edim!
Qattiq, hayajonlanib
ketganidanmi biladim
peshonasi tagida turgan
qalamni ko`rmayabdi.
Jilmaydim, asol ustidan
kulmadim shunchaki...
Qalamga ishora qildim.
- Mana bu emasmi?
- Vooy shu yerda ekan...
Bir vaqtda qalamga qo`l
uzatgan ekanmiz, bey ehtiyor
bir-birimizni barmoqlarimizni
ushlab oldik. Ishga
kelganimizda, albatta qo`l
berib salomlashar edik.
Demoqchiman-ki uning
qo`llarini har kuni
ushlaganman. Lekin negadur
usha damda o`zimni
boshqacha his qildim.
Nigohlarimni undan uza
olmasdim. U ham menga
tikilib turardi. Qalblarimizda
bohor havosidek yoqimlik
iliqlik paydo bo`lgandi. Bu
iliqlikning tafti, uning yuzlarida
namoyon bo`la boshladi. Balki
bu, yuraklar tan olishni
istamayotgan muhabbatdur...
Biroq o`sha damda men
umuman boshqa narsa haqida
o`ylardim.
- Ko`zlaring...
- Nima? - u ko`z oynagini olib,
kipriklarini pirpiratdi.
- Ko`zlaring namuncha mayus?
Yuzing kulsa ham ko`zing
kulmaydi!...
U qimtinib yutundi va
ko`zlarini olib qochdi.
- Qahva tayorlab beraymi
Anvar Odilivich...
- Yaxshi bo`lardi, Gulbahor
Hamidova Beknazar qizi...
Hodimamni rasmiy murojati,
g`ashimga tegdi. Ahir uni
o`zimga yaqin olgandim holos.
Joyimga qaytib borib o`tirdim.
Balki biroz haddimdan
oshgandurman! o`zimni
koyigan bo`ldim. U ham
tushundi chog`i, ranjitib
qo`yganini. Bilaman u aslida
buni istamagan edi, shunchaki
shaxsiy masalada gaplashgisi
kelmadi...
Ko`nglnimni ko`tarishni
istadimi! Qahvaga qo`shib, bir
likopchada pecheyni olib kelib
qo`ydi. Tepamga kelib huddi
hizmatkorday boshini egib:
- Yana boshqa narsa kerak
emasmi? - so`radi muloyim
ohangda.
Men qattiqqo`l, boshlig`-u, u
ma`suma hizatkorday. To`g`ri
hodimlarga qattiqqo`llik
qilaman, uning ma`sumligi
ham rost. Aynan shu
ma`sumligi uchun ham, u
rag`batga munosib. Lekin
unga qanga qilib, qay bo`l
bilan yaxshilik qilishim
mumkun?
Yechimini darov topdim. Ahir
men uning boshlig`iman nima
uchun bu vakolatimdan
foydalanlasligim kerak!
- O`zinga qani qahva? -
so`radim.
- Hozir o`zimgaham
tayorlayman...
- Yo`q shoshma, kel o`tir...
Uning bilagidan ushlab,
yonimdagi stulga o`ltirishini
so`radim.
- Mana buni olaqol, - hali qo`l
uzatmagan chashkani u
tomonga surdim.
- Qahvani ichib ol.
Unga ko`z qirimni bir tashlab
oldim, salg`ina horg`in.
- Bugun ertaroq ketishing
mumkun, ertaga ham, mayli
bir hafta kelmasang ham
mayliga...
Endigina lablariga teygan,
qahva idishini stol ustiga
qaytarib qo`ydi.
- Nima uchun?
- Nima uchun!... Erta kelib kech
qaytasan, bayramlar, dam
olish kunlari... Tinim
bilmaysan, ish sendan oldin
o`tganlardan ham qolgan,
sendan ham qoladi... Yaxshilab
damingni ol, charchog`ingni
chiqar. O`rningda o`zim ishlab
turaman...
- Shuni istayotgan bo`lsayz... -
dedi.
Bu iltifotimdan u qadar
xursand bo`lmadi chog`i.
- Jumagul, Maftuna, Dilafruz
opa. Ular dam olish kunidan
boshqa, so`rabham oladi. Seni
o`ylab, dam olvol desam
qovog` uyishingni qara... Juda
o`zgacha qizsanda Gulbahor! -
deb koyigan bo`ldim.
U indamay kiyinish xonasiga
kirib ketdi. Saldan keyin kiyinib
qaytib chiqdi.
- Anvar Odil.... Anvar aka men
ketdim...
- Ho`p yaxshi bor Gulbahor...
U eshik oldiga kelib to`xtadi.
Unga ko`proq qayg`urdim
chog`i, dilimdagi tilimga chiqib
ketdi.
- Qancha kutsang ham
beyfoyda, u kelmaydi! -dedim.
U bir muddat, tikilib turdi:
- O`zizchi? Siz ham kutyabsiz-
ku?
Huddi yomg`irli kunda,
ko`chaga haydalgan
mushukchadek eshikdan
chiqib ketdi...
Bir nima demoqchidey,
o`rnimdan bir qo`zg`adimu
qaytib joyimga o`tirdim.
Dilimni alam kemirayotganday
o`zimni yomon his qildim...
Shuvirimni Maxliyoni hayoli
chumrab oldi. Yana o`sha
shunarsiz, og`riqli hislarni
tuydim.
Bundan uch yil avval bir
qo`ng`iroq bo`lgandi. Bir
necha yil sevishib yurgan,
sevgilimdan yomon xabar
eshitdim.
- ``Anvar aka erta to`yim!``
- ``Haziling qo`pol!``
- ``Dadamni xoxishi shu, meni
kechring qarg`ish olgim
kelmayabdi... Aka-singil bo`lib
qolaylik!`` -deya yig`lab
aytgan so`zlari yuragimni
tirnab tashladi...
Bilmadim, balki o`shanda
a`qilsizlik qilgandurman.
Eslasam o`zimdan uyalib
ketaman. Uning to`yini
buzgani to`yxonaga bordim.
Qarorim qattiy edi, hatto
qanday qilib to`yni to`xtatish
yo`llarini o`ylab ham
qo`ygandim. Biroq oppoq
libosdagi
Fikrlar (0)
1 2 >>
Maqolaga fikr bildirish:
Fikr bildirish uchun saytda ro'yxatdan oting yoki login parol orqali kiring!
Fikrlar:
Hamma fikrlar: 0 ta.
Reklama
Ortga qaytish | Bosh sahifaga
Яндекс.Метрика
waplog