Uzkisa.Ru - Erotik Videolar hikoyalar, Mashhurlar erotik foto va Videolari
Reklama
Seks uchun tanishuv
iffat
O'sha kun hayotimdagi eng
baxtli kun edi aslida!
Dunyolarga sig'masdim. Ayolim
meni yo'qlayotganini eshitib,
uch zinadan bir sakrab,
yuqoriga ko'tarildim. Avvaliga
qo'rquv, hadik bor edi
ko'nglimda. Ich-ichimdan toshib
kelayotgan hayajonni sira
bosolmasdim. Ikkinchi qavatga
chiqishim bilan hamshira qiz
imladi:
Botirovaning turmush o'rtog'i
sizmi? Yuring.
“Xo'p” deya unga ergashdim.
To'g'risi, nimalar bo'layotganini
tahlil qilishga qodir emasdim
shu dam. Xotinim to'lg'oq
azobida qiynala-qiynala meni
so'rabdi. Kirishim bilan iltijoli
boqdi.
— Keling, qo'limdan tutib
turing, iltimos, —dedi zo'rg'a
pichirlab. Uning qo'llaridan
mahkam ushladim. Besh
daqiqilardan keyin ko'zi yoridi.
Ayolimning ikki olam o'rtasida
turib, bolamizni dunyoga
keltirgani hamon ko'z o'ngimda.
Doya ayol “o'g'il muborak” deya
qutlar, Zebo jilmayib yig'lar, men
esa karaxt edim. Bir tomondan
rafiqamning joni qiynalganini
ko'rib, uning qanchalik kuchliligi
oldida lol qolgan bo'lsam, bir
tarafdan otalik quvonchi
yuragimni taka-puka qilardi.
Zeboning peshanasidan o'pib,
unga rahmat aydim. Bir zumda
bolamni qo'limga tutqazishdi.
Mening zurriyodim, mening
o'g'lim! Shu onlardagi his qilgan
tuyg'ularimdan osmonlarda
uchib yurardim go'yo. Ammo...
shu dam... hamshira qiz
yuzidagi niqobini oldi-yu, kimdir
boshimga gurzi bilan urgandek
bo'ldi...
*** Keling, hammasini ro'yi-rost
boshidan aytib bera qolay.
Malika bilan ijtimoiy
tarmoqlarning birida tanishib
qolganmiz. O'zi elektron
pochtadan foydalanaman, xolos.
Hamkorlarimga takliflar,
hujjatlar jo'natish uchun onda-
sonda bir kirardim. O'sha kuni
ham chet el firmasi bilan
shartnoma qilayotganimiz bois
ularning javobini kutib
o'tirgandim. Qarasam, bir
qizdan do'stlik taklifi keldi.
Rasmi ham bor ekan,
chiroylikkina. Qabul qildim.
Salomlashdik. Birdan u
“tanimadingizmi?” deya so'rab
qoldi. Hayron qoldim. Avvaliga
tanidim deya aldadim, keyin
bilsam, u ism-familiyamiz bir xil
bo'lgan sinfdosh yigiti deb
o'ylagan ekan meni.
Rasmimni qo'ymaganim sababli
kimligimni bilolmagan-da. Keyin
uzr so'radi, va meni do'stlar
ro'yxatidan o'chirib tashladi.
Qiziqishim ustun keldimi, yo ish
vaqtim tugagan, hamkorlarimiz
xatini kutib o'tirganimdan
zerikib unga yoza boshladim.
Yo'q, u men o'ylagandek qiz
emas ekan. Og'irgina, o'n savol
bersangiz, zo'rg'a bir javob
qaytaradigan, kamgap...
Xullas, biz tanishib qoldik.
Albatta men uni aldadim. Oilaviy
sharoitimni yashirdim. Shu bilan
u bilan kunora gaplashib
turadigan bo'ldik. Soatlab
Malikaning agenti “onlayn”
bo'lishini kutib o'tirardim.
Ertalab ishga kelishim bilan
pochtamga kirardim, biror nima
yozib qoldirganmi, yo'qmi deb
qiziqardim. Uch oylik
muloqotimizdan keyin biz
uchrashdik. U ko'rishganimizda
yanayam kamgap, uyatchan edi.
Ba'zida o'zini menga
beparvodek tutardi-yu, ammo
ko'zlari tuyg'ularini yashira
olmasdi.
Men unga shunchaki bir
qiziqish deb qaraganman, axir
oilaliman. Rafiqam juda yaxshi
ayol. Oxirgi paytlarda ketma-ket
homilasidan ayrilib, muolajalar
bilan bo'lib, menga biroz
e'tiborsizroq, tushkunroq
kayfiyatsha tushib qolgandi.
Men esa internetdagi “sevgi”m
bilan ovoraman.
To'g'ri, avvaliga Malika bo'lgan
hislarim o'tkinchi, ovunchoqdek
tuyulardi menga. Bora-bora
unga bog'lanib qoldim. U ham
meni o'ziga yaqin oladigan,
dardlashadigan, hayotidagi
voqealarni aytib beradigan
bo'ldi. Uning yozishmalarisiz
kunimni tasavvur qila olmasdim.
Bir kuni bu munosabatlar
tugashini bilardim, ammo Malika
hammasini jiddiy deb o'ylarkan.
Sovchilar eshigini qoqib
tindirmasligini, onasi uzatishga
shoshayotganini aytganida,
qanday qilib unga “Sizni hech
kimga berib qo'ymayman”, deya
yozib yuborganimni bilmay
qoldim. Shunday qilib uning
ko'nglida umid uyg'otganim
rost.
Ikki yil ana shunday yozishib,
goho ko'rishib turdik. U
kelajagimiz haqida rejalar tuzar,
hatto “o'g'il-qiz”larimizga ismlar
ham topib qo'ygandi. Hali
ishimni, “hali uylanmagan akam
borligini” bahona qilib yurdim.
Malika esa jim kutardi meni.
Umid va ishonch bilan. Onasiga
ko'ngil qo'ygani borligini aytib,
og'iz solgan yigitlarni rad etardi.
Ana shunday orzular og'ushida
yurgan kunlarida mening uch
yildan buyon intiq kutayotganim
— ilk murodim tug'ildi...
*** O'sha kuni Malika xonadan
shitob bilan chiqib ketdi. Men
esa joyimda toshdek qotib
qoldim. Birinchi marta ayolim
oldida o'zimni aybdor his
qildim. Ikki yil davomida unga
xiyonat qilib yurganimni, bir
guldek qizni aldab, qo'ynini
puch yong'oqqa to'ldirganimni
his qildim. O'zimdan nafratlanib
ketdim, to'g'risi. Axir bu ikki
ayol ham begunoh! Biri menga
pahlavondek o'g'il tug'ib berdi,
o'z jonini garovga qo'yib. Biri
esa tuyg'ularini, yuragini,
baxtini ishondi. Ikkisini-da
pastkashlarcha aldadim.
Malikaning izidan borib,
kechirim so'rashga jur'atim
etmadi. Uch kun davomida
shifoxonaga zo'rg'a borib
keldim. Malikaga duch kelib
qolishdan juda qo'rqdim. Bir
haftalardan so'ng pochtamga
undan xat keldi:
“Uzr, men oilangiz borligini
bilmagan ekanman... Sizga
do'stlik jo'natganim uchun
o'zimni kechira olmasam kerak
hech qachon! Oilali erkakning
boshini aylantirib olgan behayo
qizman! Buni tan olish
qanchalik og'irligini siz
bilmaysiz? Ayolingiz, o'g'lingizni
ko'rib, taqdir vaqtida bizni bu
xato yo'lda yurishdan
to'xtatganiga shukr qilayapman.
Agar bilmaganimda... bilmadim...
to'g'risi qo'rqaman... Bir
go'dakning uvoliga, farishtadek
ayolning ko'z yoshlariga
sababchi bo'lishdan... Oilangiz
bilan tinch bo'ling!”
Tamom. U menga ta'na qilmadi,
nega aldaganimga izoh ham
so'ramadi. Balki urishib bersa,
meni ayblasa, vijdonim biroz
tinchlangan bo'larmidi?
Malikadan kechirim so'rash
uchun tug'ruqxonaga bordim.
Yo'q, o'sha voqeadan uch kun
o'tib, o'z xohishiga ko'ra ishdan
bo'shabdi. Hamshira qizlardan
biri hamkasbiga gapirib qoldi:
“Nima bo'ldi, Malikaga
tushunmay qoldim. “Yaqinda
holvamni eysizlar”, deb xursand
yurgandi. Birdan kayfiyati
o'zgarib qoldi, ishdan ham
bo'shadi-ketdi. Bosh shifokor
“Yolg'iz onasi bilan yashaydi,
qiynalgan qiz edi. Endi qaerdan
ish toparkan?”, deya gapirib
qoldi kecha”, derdi. Bu gaplar
yuragimni timdaladi.
Bugun yuragimdagilarni gazeta
orqali to'kib solishimdan
maqsad, avvalo, Malikadan
kechirim so'rash. O'g'limni
bag'riga bosib meni har kuni
yuzda tabassum bilan kutib
oladigan, bor gapdan bexabar
ayolim oldida xatomni tan olish.
Yana men kabi boshqalar
birovning tuyg'ularini o'yin
qilmasligini ta'kidlash. Ijtimoiy
tarmoqmi, yoki hayotdami, hech
kimni yolg'on umidlantirmang.
Balkim yopig'liq qozon
yopig'ligicha qolar, xatongizni
kechirishar, ammo vijdon
azobiga chidash qiyin ekan...
Fikrlar (0)
Maqolaga fikr bildirish:
Fikr bildirish uchun saytda ro'yxatdan oting yoki login parol orqali kiring!
Fikrlar:
Hamma fikrlar: 0 ta.
Reklama
Ortga qaytish | Bosh sahifaga
Яндекс.Метрика
waplog