Uzkisa.Ru - Erotik Videolar hikoyalar, Mashhurlar erotik foto va Videolari
Reklama
Erotik Tanishuvlar sayti
Sizdan onamni ifori kelyapti
Sizdan onamning ifori kelyapti
O'quv yili boshida oltinchi sinf
rahbari Ma'suda opa uch-to'rt
oy avval beshinchi sinfni
bitirgan o'quvchilari oldida
turardi. U mehrli nigohi bilan
ularga boqar ekan hammalarini
birdek yaxshi ko'rishini va ular
bilan yana diydorlashganidan
mamnunligini aytdi. Bu – katta
yolg'on edi, negaki old
qatordagi partalarning birida
bukchayib o'tirgan Alisherni
o'qituvchi yomon ko'rardi.
Ma'suda opa bu bola bilan
boshqa o'quvchilari qatorida
o'tgan yili tanishgan edi.
O'shanda ayol Alisherning
boshqa sinfdoshlari bilan
o'ynamasligini, doimo kir
kiyimda yurishini va undan
go'yoki hech qachon
yuvinmagandek hid kelib
turishini payqagan edi. Vaqt
o'tgan sayin muallimaning bu
bolaga nisbatan munosabati
tobora yomonlashib bordi. Va
shungacha borib taqaldiki –
ustoz Alisherning yozgan
vazifalarini qizil ruchka bilan
bo'yab tashlab, tagiga bir baho
qo'ygisi kelib kelib ketardi.
Kunlardan bir kun o'quv ishlari
bo'yicha direktor o'rinbosari
barcha o'quvchilarning
maktabda o'qishni boshlagan
paytdan beri to'plangan
tavsifnomalarini (xarakteristika)
tahlil qilib chiqishni so'radi.
Muallima yomon ko'rgan
o'quvchisining shaxsiy
papkasini eng oxiriga surib
qo'ydi. Boshqa o'quvchilar
hujjatlarini o'rganib chiqqach
so'ngida Alisherning
qog'ozlarini hohlamaygina
o'rgana boshladi. Va... u erdagi
ma'lumotlardan karaxt bo'lib
qoldi.
Bolakayni birinchi sinfda
o'qitgan boshqa muallima u
haqida shunday deb yozgan
edi: “Bu tilla bola. Yuzidan,
tabassumidan nur yog'ilib
turadi. Uyga berilgan vazifalarni
toza va bexato bajaradi. Uning
yonida bo'lish insonni faqat
xursand qiladi”.
Ikkinchi sinfda o'qitgan ustozi
esa bola haqida shunday fikr
bildirgan edi: “Alisher –
boshqalardan yaxshi jihatlari
bilan ajralib turadigan va
do'stlari orasida hurmati baland
bo'lgan o'quvchi. Faqatgina
oilasida bir muammo bor: onasi
tuzalmas dard bilan kasallangan
va bola o'z uyida o'lim bilan
kurashayotgan odam
iztiroblarini kuzatib yashaydi”.
Uchinchi sinf o'qituvchisining
yozganlari yanada achinarli edi:
“Onasining o'limi bola
ruhiyatiga juda qattiq zarba
bo'ldi. U bor kuchi bilan
o'qishga harakat qilyapti, biroq
otasini Alisherning hayotiga
nisbatan qiziqishi so'ngan. Agar
choralar ko'rilmasa, bular
bolaning o'qishiga yomon ta'sir
ko'rsatishi mumkin”.
To'rtinchi sinf o'qituvchisi esa
quyidagilarni yozgan edi: “Bola
juda lanj, o'qishga umuman
qiziqishi yo'q. Ko'pincha
darslarda uxlab qoladi”. Barcha
tavsifnomalarni o'qib chiqqan
Ma'suda opa o'zining Alisherga
bo'lgan munosabatidan uyalib
qoldi. Vijdoni qiynay boshladi.
Bir voqea esa uni yuragini
battar ezib yubordi. Yangi yil
arafasida barcha o'quvchilar
unga zarqog'ozlarga o'ralgan
turli sovg'alarni hadya qilishardi.
Ustoz yoqtirmagan bolaning
sovg'asi esa dag'al jigarrang
qog'ozga o'ralgan edi. Muallima
Alisher bergan o'ramdan bir
nechta toshlari tushib qolgan
oddiy bilakuzukni va bor-yo'g'i
chorak qismigacha to'la bo'lgan
atir shishasini chiqarganda
boshqa o'quvchilar
sinfdoshining ustidan kula
boshladilar. Biroq Ma'suda opa
o'zini yo'qotib qo'ymadi va
“Juda chiroyli bilakuzuk ekan”
dedi va qo'lidagi atirni ochib
bilagiga sepib oldi. Bu bilan u
sinfda ko'tarilgan kulguni
so'ndirgan edi.
Shu kuni Alisher darslardan
keyin ushlanib qolib ustozining
yoniga keldi va: - Bugun sizdan
onamning hidi kelyapti, rahmat,-
deb chiqib ketdi. O'quvchisi
ketgandan keyin Ma'suda opa
uzoq yig'ladi.
Shu kundan boshlab muallima
bolalarga adabiyot va yozuvdan
tashqari mehr-oqibatni,
insoniylikni ham o'rgata
boshladi. Bunday ta'limot
boshlangan so'ng ozmuncha
vaqt o'tgach Alisherning
hayotga qiziqishi qayta
boshladi. O'quvchilar qatoridan
joy oldi. Ma'suda opa hamma
o'quvchisini birdek yaxshi
ko'rishini takrorlaganda aslida
eng sevimlisi va qadrlisi Alisher
edi. Oradan bir yil o'tgach
Ma'suda opa boshqa endi
boshqa bolalarga tarbiya berar
edi. Bir kuni u sinf xonasi eshigi
tagida xat topib oldi.
Maktub Alisherning qo'li bilan
yozilgan edi: “Siz meni o'qitgan
o'qituvchilar ichida eng
yaxshisisiz”.
Besh yil o'tgach u sobiq
o'quvchisidan yana bir maktub
oldi va unda Alisher kollejni
yaxshi baholarga bitirib,
talabalar orasida uchinchi
o'rinni olgani haqida yozilgan
edi. Va Ma'suda opa uning
hayotdagi eng yaxshi ustozi
ekanligi ta'kidlangandi. Oradan
to'rt yil o'tib muallima sevimli
o'quvchisidan yana bir maktub
oldi. Alisher barcha qiyinliklarga
qaramasdan universitetni a'lo
baholarga bitirayotgani haqida
va ustozi bolaga hayotida dars
bergan boshqa ustozlar ichida
hali ham unga eng yaxshisi
ekanligi haqida yozgan edi.
Yana to'rt yildan so'ng esa
navbatdagi maktub keldi. Unda
Alisher universitetni
yakunlagach bilimi doirasini
yanada oshirishga bel
bog'lagani va juda yaxshi
natijalarga erishgani haqida
yozilgandi. Uning ismi-sharifini
esa “Doktor” so'zi bezab
turardi. Bu xatida ham sodiq
o'quvchi ustozini umrida unga
ta'lim bergan eng yaxshi
o'qituvchi ekanligi haqida
satrlar bitgan edi.
Vaqt o'tib borardi. Xatlarining
birida Alisher bir qiz
bilantanishganligi va unga
uylanish niyatida ekanligi
haqida ma'lum qilgan edi. Yigit
otasi ikki yil avval olamdan
o'tgani haqida bildirib, Ma'suda
opasidan to'yda kuyovning
onasi o'rnida bo'lishini iltimos
qildi.
Muallima albatta bunga rozilik
berdi. Alisherning to'yi kuni
Ma'suda opa o'sha bir necha yil
avval hadya sifatida olgan
toshlari etmaydigan bilakuzukni
taqib, huddi unga sovg'a
qilingan atirdan sotib oldi. Ular
quchoq ochib ko'rishdilar va
Alisher o'ziga qadrli iforni his
etdi.
- Menga bo'lgan ishonchingiz
uchun rahmat ustoz. Menga
odamlarga kerakliligim va
kimgadir ahamiyatli ekanligimni
sezishimga imkon berganingiz
uchun, o'z kuchlarimga
ishonishni, yaxshini yomondan
ajratishni o'rgatganingiz uchun
rah lima ko'zlarida yosh bilan
sevimli o'quvchisiga javob
berdi: -Adashyapsan, men
senga emas, aksincha sen
menga hamma narsani
o'rgatding. Men sen bilan
tanishgunimga qadar
odamlarga qanday ta'lim berish
kerakligini bilmaganman!
Fikrlar (0)
Maqolaga fikr bildirish:
Fikr bildirish uchun saytda ro'yxatdan oting yoki login parol orqali kiring!
Fikrlar:
Hamma fikrlar: 0 ta.
Reklama
Ortga qaytish | Bosh sahifaga
Яндекс.Метрика
waplog