Uzkisa.Ru - Erotik Videolar hikoyalar, Mashhurlar erotik foto va Videolari
Reklama
Seks video va hikoya rasmlar sayti
Chiroyli ehtiros 5qism
Sovuqda issiq uydan chiqgisi kelmasa ham choponi ustidan qiyiq ro'molni mahkam qisib boylab shapkasini bostirib ko'chaga chiqdi.Sovuqdan yuzlari charsillab ketdi o'ziam.Kaftlariga kuh kuhlab ko'chada ketib borar ekan Nizomning uyiga yaqinlashganda qadami sekinlashdi.Ko'ngli sezgan ekan Darvozadan qo'shni ayol uning ortidan qorni qappayib qolgan Nargiza bo'y ko'rsatdi.
Mansurning yuragi urishdan to'xtadi,qadamlari ham kichrayib oxiri bir joyda qimirlamay qotib qoldi.Qo'shni ayolni kuzatib ortiga burilgan Nargiza Mansurni ko'rib bir muddat to'xtadi.Nigohlar tutashdi.Mansur hayolida Nargiza huddi uni masxara qilayotgandek edi go'yo.
-Salom..deyaoldi Mansur zo'rg'a.
Nargiza bir so'z demay ichkariga kirib ketdi.Darvozaning ikki tomonida ham ko'zlardan yosh oqmoqda edi ularning.
Armonga aylangan sevgi...Dunyoda necha ming kishi sevgisiga yetolmaydi bular nima bo'libdi deysiz balki.Ha bular kim bo'libdi taqdirning achchiq qismati oldida.
Mansur alam va g'azab bilan magazinchining uyi tomon yurib ketdi.
Eshikdan kirib borganda ayvonchada o'ziga o'xshab qavaat qavat to'n kiygan bir necha hamqishlog'ini ko'rdi.
-Assalomalaykum akalar deb Mansur har biri bilan ko'rishib chiqdi.
-Ana bizning mergan ham keldi deb Ashur magazinchi yelkasidan qoqdi.
-E ukam nima bo'ldi qishloqni yana bo'ri bosdiku otmaysanmi bitta yarimtasini o'tgan yilgidek zora qadami uzilsa biror zamon.
-Ashur aka endi hudo hohlasa niyyat bor.
- E aen niyyat qilib o'tiraver ana bugun Nizomning uchta qo'chqorini bo'g'izlab ketgan ekan jahl ustida bore deb Qirondalaga qarab ketdi miltiqni osib.Eshitishimcha bo'rilardi ini o'sha taraflarda emish.
-Yo'ge dedi Mansur Ashurga qarab.
-Ha uka shunaqa unga kelganmiding mana bu xaltadagi un seniki olib ketaver dedi Ashur.Mansur unga pulni uzatib xaltani dast yelkasiga oldida uyiga qarab yugurib ketdi xisob.
-Ex shundoq bola bir qizni deb harob bo'lmasa bo'ldi da dedi Ashur.
-Ha to'g'ri aytasiz gapga qo'shildi Shokir traktorchi.
-Shokir aka siz boya Qirondaladan kelyabman dediz nima qildiz u yerda so'radi Ashur do'konchi.
- E uyoqdami qopon qo'yib keldim bir ikta bo'rilar uchun tor so'qmoq yo'liga.
-E akam esiz joyidami ha u bu odam tushib qolsa naqdgina bo'rilarga yem bo'ladiku aka.
- Eee bunaqa izg'irin sovuqda qaysi esini yegan Qirondalaga boradi yana naqd bo'rilarning orasigaya.
-Ana Nizom ketibdiku!!
-Unga aytdim xavotir olma so'qmoqdan yurmaydi.
-Hay bilmadim aka yana qarangda o'zizga...
Mansur uyiga yetib kelganda qora terga botgandi.Charchab qolganidan hansirab nafas olardi.Hozir u umuman charchoqni his qilmasdi uning hayolida faqatgina bir o'y bor edi qasos.
Ha qasos olish uchun ayni qulay vaqti Qirondalada bunaqa izg'irinda hech kim bo'lmaydi qishloqdan ancha uzoqda o'q tovushi ham yetib kelmaydi.
Mansur o'z hayollaridan hursand holda barcha tortgan alamlari uchun qasos olaman deb qo'shotarini yelkasiga ilib qishloq panalab Qirondalaga chiqib ketdi.Orqasidan Hayrinso momo nosini tuflagancha hay qayoqqaa degancha qolaverdi..
Havo bulut demakki yaqin orada yana qorbo'ron boshlanadi,o'zi shundoq ham sovuqligidan odam muzlayman deydi.Bunaqa sovuqda biror soat bir joyda turish o'lim bilan barobar.
Mansur qilishi kerak bo'lgan ishga shunchalr shoshilib tez yugurardiki o'tayotgan har bir soniya u uchun hal qiliuvchi lahzalarni uzoqlashtirayotgandek edi .Dadasi bilan yoshligidan ovda ulg'aygan Mansur qiynalmay tizza bo'yi qor kechib tepalikdan oshib o'tdi.Uzoqdan kutganidek qora sharpa imillab ketib borar edi.Bu aniq Nizomligiga shubxa yoq yelkasidagi miltig'idan dalolat.Faqat u negadir so'qmoqdan emas muzlagan ko'l ustidan ketib borardi.So'qmoqdan so'ng qalin archazor boshlanardi bo'rilar har zamonda o'sha yoqdan chiqib tashlanishi mumkin edi bunaqa vaqtda tepki bosish tugul miltiqni yelkadan olishga ham ulgirmaydi odam.Mansur tavakkaliga yo'lni kesib chiqish uchun so'qmoqqa tirmashdi..
Yigirma daqiqalar yugurganidan so'ng Nizom bilan oralari ancha qisqardi.
Nizom shundoq oyoqlari ostida yuz qadamcha nariroqda ketib borardi.Mansur qurigan yantoq ortiga yashirindi.Yana bir bor miltiqni yaxshilab tekshirgach mo'ljalni oldi.Chuqur nafas olgancha uchgacha sanadi
Bir...Ikki...Uch ... Qirondalani o'q ovozi tutdi.Mansurning merganligi rost shekilli pastda Nizom oppoq qorni qizil qilganicha jonsiz yotardi.
Mansurning peshonasidan sovuq ter oqdi,chuqur ux tortgancha yerga cho'kkalab qoldi.
-Ana endi menga qilgan razilliging uchun javob berasan,o'liging bo'rilarga yem bo'lsin murtad deb o'ziga.
Fikrlar (0)
Maqolaga fikr bildirish:
Fikr bildirish uchun saytda ro'yxatdan oting yoki login parol orqali kiring!
Fikrlar:
Hamma fikrlar: 0 ta.
Reklama
Ortga qaytish | Bosh sahifaga
Яндекс.Метрика
waplog